UZB SPort

Curtis Jonesning Inter Milan bilan kelajagi: Liverpoolda qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

*Inter Milan* ichki ziddiyat va nozik kayfiyat hukmron bo‘lib turgan paytda *Liverpool* eshiklarini taqillatdi. Italiya chempionlari klub ichida allaqachon muhokama qilinayotgan mavzuga qo‘l urdi: Curtis Jones kelajagi.

*The Athletic* nashrida James Horncastle xabar berishicha, *Inter* vakillari vositachilar orqali *Liverpool* bilan aloqa qilib, 25 yoshli yarim himoyachi uchun 35 million yevro to‘lashga tayyor ekanini bildirgan. Bu summa mersisaydliklar belgilagan, taxminan 40 million yevrolik narxdan past.

Raqamlar o‘rtasidagi farq unchalik katta emas. Ammo bu transferda gap faqat pulda emas.

Wrexhamdan keyingi g‘azab: kichik epizod, katta aks-sado

Hammasi bir qarashda arzimasdek tuyulgan lahzadan boshlandi. *Wrexham* ustidan 1:0 hisobidagi o‘rtoqlik o‘yini g‘alabasi, maydonda jilmayishlar, yengil mashg‘ulotga o‘xshash atmosfera. Shunday bo‘lishi kerak edi.

Ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda umuman boshqa kayfiyat ko‘rindi. Yakuniy hushtakdan so‘ng Curtis Jones, Dominik Szoboszlai va Kostas Tsimikas o‘rtasida keskin bahs yuzaga keldi. Gap – sardorlik bog‘ichi atrofida ketayotgandek tuyuldi.

Kadrda Tsimikas bog‘ichni yerga uloqtirgani ko‘rinadi. Bu harakat Jonesni yanada jahlini chiqardi. U uzoq yillardan beri klub tizimida, akademiyadan chiqqan, “Scouse” ruhi bilan o‘sgan futbolchi sifatida sardorlik masalasini shunchaki detaldan ko‘ra ko‘proq narsa deb qabul qiladi.

Taxminlarga chuqur kirib borishning hojati yo‘q. Ammo klub ichidagi ierarxiya, sardorlik zanjiri va hurmat masalasi uning uchun naqadar og‘riqli nuqta ekani aniq ko‘rindi. O‘yin – deyarli hech narsani hal qilmaydigan o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lsa ham, Jones o‘zini tiyolmadi.

Shu lahza ijtimoiy tarmoqlarda portladi. Ichki kayfiyatni sezgan klub raqiblari esa bunday vaziyatni qo‘ldan boy bermaydigan darajada tajribali.

Inter Milan – “issiq temirga bolg‘a urish”

*Inter Milan* aynan shunday fon ostida harakatga o‘tdi. Ichki keskinlik, yangi bosh murabbiy Andoni Iraola davrining boshlanishi, rollar qayta taqsimlanishi – bularning barchasi Jones atrofidagi mavzuni ochiq qoldiradi.

Italiya klubi uchun bu – imkoniyat. Serie A, yangi muhit, katta rol, ko‘proq mas’uliyat. Bunday taklif Curtis Jonesni o‘ylantirishi tabiiy.

Yangi murabbiy uni qanday ishlatadi? Qancha o‘yin amaliyoti bo‘ladi? Qaysi pozitsiyada ko‘radi? Savollar ko‘p.

Shu bilan birga, Iraola allaqachon o‘z pozitsiyasini aniq bildirgan. U ingliz yarim himoyachisini juda yuqori baholashini ochiq aytgan, uning xarakteri va “Scouse” ildizlari klub uchun muhimligini ta’kidlagan. Yangi murabbiy uchun bu shunchaki rotatsion futbolchi emas, balki uslub va ruhga mos, tayanch bo‘lishi mumkin bo‘lgan futbolchi.

Jonesning amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qiladi. Demak, *Liverpool* shoshilish uchun majbur emas. Ular narxni ham shunga yarasha qo‘ygan.

Iraola davrida o‘rni bormi?

Yangi davrda *Liverpool* yana intensivlikka qaytishni maqsad qilgan. Yuqori pressing, tezkor o‘tishlar, agressiv futbol – bular Curtis Jones profiliga mos keladigan jihatlar.

Shu nuqtada savol tug‘iladi: u bu loyihaning markazida bo‘ladimi yoki chetida qoladimi?

Iraola so‘zlari ijobiy. U Jonesni “katta futbolchi” sifatida ko‘radi, uni saqlab qolishni xohlaydi, uzoq muddatli rol berishga tayyorligini bildiradi. Lekin bozor o‘z qoidalariga ega: agar *Inter* taklifi yaxshilansa, agar futbolchining o‘zi ham yangi chaqiriqni istasa, bu yozgi oynada vaziyat keskin o‘zgarishi mumkin.

Hozircha esa fakt bitta: Italiya chempioni eshikni taqillatdi, *Liverpool* esa hali bu eshikni ochishga shoshilayotgani yo‘q.

Qolganini Curtis Jonesning o‘zi hal qiladi – u Anfieldda yangi sahifa ochadimi yoki San Siro chiroqlari ostida o‘zini qaytadan kashf etadimi?

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling