UZB SPort

Enzo Maresca: Manchester Cityning yangi davri

Enzo Maresca: “Uyga qaytish” va Pepdan keyingi hayot

Manchester City yangi davrni ochdi. Klub rasmiy ravishda Enzo Maresca qo‘liga topshirildi, italiyalik murabbiy esa birinchi matbuot anjumanidayoq o‘z loyihasining konturlarini chizib berdi: falsafa, transferlar, Pep Guardiola merosi va yulduz futbolchilar kelajagi.

“Uyga qaytgandekman”

Maresca so‘zini futboldan emas, insoniy ohangdan boshladi. U avval Kevin Keegan oilasiga ta’ziya bildirdi, keyin esa o‘z his-tuyg‘ulariga o‘tdi. U bu yerga qaytishni “uyga qaytish” deb atadi.

Uchinchisi marta City ichida ishlayotgani bejiz emas. U ilgari klubning elita jamoasini boshqargan, 2022–2023 yilgi mavsumda Pep Guardiola shtabida yordamchi bo‘lib ishlagan. Endi esa to‘liq javobgarlik uning qo‘lida.

Maresca klubni tanishligi qarorni osonlashtirganini yashirmadi. City so‘nggi qariyb yigirma yilda atigi uch bosh murabbiy bilan ishlaganini alohida ta’kidladi. Uningcha, bu barqaror tuzilma va loyihalarga vaqt berishga bo‘lgan ishonchning yaqqol isboti. Shuning uchun ham Manchester Citydan qo‘ng‘iroq kelgan zahoti bu chaqiriqni qabul qilishda ikkilanmaganini aytdi.

Chempionlik, Yevropa, Jahon – va endi Etihad

Maresca Cityga kichik rezüme bilan kelgani yo‘q. U Leicester Cityni 2023–2024 yilda Championship chempionligiga olib chiqdi, keyin Chelsea bilan UEFA Conference League va FIFA Club World Cupni yutdi.

Endi esa sahna yanada yirik. Manchester City soyasida, Pep Guardiola izidan borish — murabbiylikdagi eng og‘ir, lekin eng sharafli sinovlardan biri.

Pepdan keyin: sharaf va ulkan bosim

Maresca buni ochiq tan oldi: Pepdan keyin kelish — murabbiy uchun deyarli maksimal bosim. Shu bilan birga, u bu lavozimni “katta imtiyoz” deb atadi. Guardiola haqida gapirar ekan, so‘nggi yigirma-yigirma besh yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishi mumkinligini urg‘uladi.

U Sir Alex Ferguson va Arsène Wenger misollarini eslatdi: klubda uzoq yillar qolgan murabbiylar doim katta sinovlarga duch kelgan. Endi uning maqsadi — ilk kundan boshlab klub va muxlislar uchun to‘g‘ri ishlarni qilish.

City rahbariyatining barqarorligi unga ishonch beradi. Roberto Mancini, Manuel Pellegrini, Pep Guardiola — uch ism, o‘n yetti yil. Murabbiylar almashinuvi kam bo‘lgan bu tizimni u klubning eng katta quroli sifatida ko‘radi.

Transferlar: ish tugamagan

Yozgi oynada Cityning ishi yakunlangani yo‘q. Maresca buni ochiq aytdi: maqsadlar yuqori bo‘lsa, tarkibni to‘liq yakunlangan deb bo‘lmaydi. Transfer bozoridagi dinamikaga qarab yana bitimlar bo‘lishi mumkin, klub allaqachon ayrim yo‘nalishlarda ishlayotgani ma’lum qilindi.

Bu orada u pre-sezon rejasi haqida ham ochiq gapirdi. So‘nggi toifa futbolchilar Community Shielddan uch-to‘rt kun oldin jamoga qo‘shiladi. Shundan keyin to‘liq tarkib qo‘l ostida bo‘ladi. Hozircha esa u ko‘plab yoshlar bilan ishlayapti. Ularning energiyasi, ko‘rsatib turgan darajasi murabbiyni mamnun qilayotgani aytildi.

Rodri atrofidagi shov-shuvlar

Rodri kelajagi atrofidagi gap-so‘zlar kuchaygan bir paytda Maresca tinch ko‘rinadi. U buni katta futbolchilarga xos holat deb qabul qiladi. Jahon chempionligi, barqaror yuqori o‘yin — bunday futbolchiga har qanday murabbiy ega bo‘lishni istaydi.

Lekin hozircha Rodri uchun birinchi navbatdagi masala maydon emas, jarrohlik va tiklanish. U dushanba kuni operatsiya stoliga yotadi, keyin dam va reabilitatsiya. Maresca uning qaytishini kutayotganini, rejalarini o‘zgartirmayotganini aytdi.

Chelsea bilan munosabatlar haqidagi savollarni esa u keskinliksiz yopdi. Leicester va Chelsea davrini omadli, aniq o‘yin uslubiga ega bo‘lgan tajriba sifatida eslab, ikki klubga ham minnatdorchilik bildirdi. Lekin endi uning butun diqqat-e’tibori Manchester Cityda ekanini aniq qilib qo‘ydi.

Jack Grealish va James Trafford: hozircha City futbolchilari

Jack Grealish haqida gap ketganda Maresca pozitsiyasi sodda: futbolchi klubga tegishli ekan, u bilan ishlash — murabbiyning burchi. Grealishni “katta yurak” va “ajoyib shaxsiyat” egasi sifatida ta’riflab, hozircha u City futbolchisi ekanini, keyin nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatishini aytdi.

Darvozabon James Trafford borasida ham o‘xshash ohang. Maresca uni yaxshi biladi — u City U-23 jamoasida aynan uning qo‘l ostida o‘ynagan. Transfer oynasi ochiq, hamma narsa mumkin, lekin hozircha Trafford klub darvozabonlaridan biri.

O‘yin doim o‘zgaradi — murabbiy ham

Maresca futbolning o‘zi tez o‘zgarayotganini eslatdi. Standart vaziyatlar, odamni odamga qarshi himoya, bosim uslublari — hammasi rivojlanmoqda. Murabbiy vazifasi — shu o‘zgarishlarga mos yechimlar topish.

U o‘zini Leicester va Chelsea davridagi murabbiy sifatida qayta taqdim etdi: aniq o‘yin identiteti, to‘pni nazorat qilish, yo‘qotilganda agressiv press, raqibni bo‘g‘ib turadigan uslub. City uni aynan shuning uchun tanlaganini taxmin qiladi: Pep davridagi ayrim g‘oyalar bilan uyg‘unlik bor.

Maqsad esa oson: o‘yinni nazorat qilish, uslubni singdirish va eng muhimi — g‘alaba qozonish.

Uzun paslar Cityning yangi quroliga aylanadimi?

Savollardan biri ayniqsa qiziq: Gianluigi Donnarumma darvozada, Erling Haaland oldinda bo‘lgan jamoa uzun paslarni asosiy qurolga aylantiradimi?

Maresca bu variantni inkor etmadi. Ba’zan qisqa o‘ynash kerak bo‘ladi, ba’zan esa raqib sizni uzun pasga majbur qiladi. Donnarumma kabi darvozabon va Haaland kabi hujumchi bunday rejani jiddiy qurolga aylantirishi mumkin.

Lekin u bitta yo‘l bilan cheklanmoqchi emas. Har xil raqiblarga qarshi turli yechimlar, turli shakllar kerak bo‘ladi. City yangi bosh murabbiy qo‘lida aynan shunday ko‘p qirrali jamoaga aylanadimi — bunga javobni endi kelayotgan mavsum beradi.

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling