UZB SPort

Harry Kane: Gol Dovuli va Ballon d'Or Yo'lidagi Muvaffaqiyatlar

Germaniyada Harry Kane atrofida bitta savol qolgan: u nechta gol ura oladi, emas. Uni yana kim to‘xtata oladi?

33 yoshli hujumchi “Bundesliga”ni boshidan oxirigacha egallab oldi. 31 ta o‘yinda 36 ta gol, 5 ta golli uzatma – bu oddiy statistika emas, toza hukmronlik. Bu faqat liga ichida. Umumiy mavsum bo‘yicha esa Kane 51 uchrashuvda 61 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bunday raqamlar Germaniyada ham, Angliyada ham yillar davomida eslanadi.

Kuboklar oqimi boshlandi

Kane uzoq yillar davomida “sovrin ko‘rmagan yulduz” sifatida tilga olinardi. Bu tamg‘a nihoyat o‘tgan mavsumda tushdi: “Bayern” bilan “Bundesliga”ni qo‘lga kiritdi va shu bilan birga o‘ziga ham, tanqidchilarga ham javob berdi.

Shundan keyin esa eshiklar ochildi. Yangi mavsumda yana bir liga chempionligi, yoniga DFB-Pokal va Germaniya Superkubogi. Myunxen klubi ichki frontda raqib tanimayapti, bu ustunlikning markazida esa aynan Kane turibdi.

Angliya bilan yurakni achitgan, lekin tarixiy mundial

Milliy terma bilan katta sovrin hanuz yo‘q. Angliya Jahon chempionatida yana yarim finalda to‘xtadi, bu safar Argentinaga yutqazib, ularning finalga yo‘lini ochib berdi. Ammo Kane uchun bu turnir ham tarixiy bo‘ldi: u 6 ta gol urdi va Jahon chempionatlari doirasida Angliya tarixidagi eng yaxshi to‘purar sifatida Gary Linekerdan o‘zib ketdi.

Kubok ko‘tarilmadi, lekin shaxsiy meros mustahkamlandi. “Ballon d’Or” bahsida esa bu faktlar unutilmaydi.

Kane: “Mavsumni qildim, endi qolganini boshqalar hal qiladi”

Kane o‘zi ham mavsumini baholashdan qochmadi, lekin ohangida g‘urur bilan birga sovuqqonlik ham seziladi. U mukofot haqida gapirar ekan, hammasi o‘z qo‘lida emasligini ochiq tan oldi.

U o‘tgan mavsumni “barqaror, yuqori saviyadagi” performans sifatida ta’riflab, “Ballon d’Or”ni individual darajadagi eng yuksak mukofot deb atadi. Shunga qaramay, u aniq va baland va’dalardan tiyildi: yangi mavsumga e’tibor qaratayotganini, ovozlar, omma va OAV qaroriga aralasha olmasligini aytdi.

Kane fikri aniq: o‘z ishini qildi, endi navbat boshqalarda. Mukofot hali 2–3 oy uzoqda, uning ongini hozir band qilayotgan narsa – maydondagi navbatdagi o‘yinlar.

Matthäusning qat’iy hukmi

Germaniya futboli afsonasi Lothar Matthäus uchun esa bu bahs deyarli yopilgan. Uning nazarida, bu yil “Ballon d’Or”ga eng munosib nomzod bitta – Harry Kane.

65 yoshli sobiq yarim himoyachi Kane’ning “Bayern”ning ichki hukmronligidagi rolini, mavsum davomida biror marta ham formadan tushmaganini alohida urg‘uladi. U yilni butunligicha ko‘rishni talab qiladi, bitta o‘yin yoki bitta Jahon chempionatiga yopishib qolishni emas.

Matthäus Ispaniyada liga yutib, keyin Ispaniya bilan jahon chempioni bo‘lgan futbolchilarni ham eslatdi, ammo savolni ochiq qo‘ydi: ularning ichida hammani aniq ajratib turadigan bitta superyulduz bormi? Uningcha, Lamine Yamal misolida bunga javob – yo‘q.

Ikki yarim final – bitta dog‘

Shu bilan birga, afsona Kane yo‘lida turgan yagona jiddiy to‘siqni ham yashirmadi. “Bayern” Chempionlar ligasida yarim finalda to‘xtadi: Parij sahnasida Paris Saint-Germain chempionlik sari yo‘lni yopdi. Jahon chempionatida ham Angliya finalga yetib bormadi, Argentina bilan yarim finalda xayrlashdi.

Matthäusning ta’kidlashicha, aynan mana shu ikki finaldan mosuvo qolish – Kane nomzodligidagi yagona katta minus. Qolgan barcha mezonlarda u yetakchi.

Shunday fon ostida savol keskinlashadi: yakunda ovoz beruvchilar nimani ko‘proq qadrlashadi – titullarni, finalda qatnashishnimi yoki bir yil davomida hech to‘xtamagan, 61 gollik ulkan barqarorlikni? Kane javobni kutmoqda. Raqamlar esa allaqachon o‘z hukmini aytib bo‘ldi.

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling