UZB SPort

Juventus yangi darvozaboni: Vicario qaytadi, Martinez rejasi yopildi

Turinda yozgi reja keskin burildi. Uzoq haftalar davom etgan Emiliano Martinez sagasidan so‘ng, “Juventus” nihoyat yo‘nalishni o‘zgartirdi va darvozabon masalasida yangi ismga to‘xtaldi: Guglielmo Vicario.

Aston Villa bilan muzokaralar cho‘zildi, tortishuvlar davom etdi, ammo yakunda bitta raqam ham o‘zgarmadi. Angliyalik klub 15 million yevro so‘rashdan qaynmadi, “Juventus” esa bu narxga rozi bo‘lmadi va stolni tark etdi. Shundan keyin ish tezlashdi.

Vicario uchun tezkor zarba

The Athletic xabariga ko‘ra, dushanba kuni “Tottenham” bilan Vicario bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishildi. 29 yoshli darvozabon uchun bu – 2023-yilda tark etgan Serie A ga qaytish imkoniyati.

Bitimning tuzilishi “Juventus”ning hozirgi strategiyasini aniq aks ettiradi. Tuttosport ma’lumotiga ko‘ra, Vicario ijaraga olinadi, shartnomada esa 10,5 million yevrolik sotib olish huquqi (majburiy emas) ko‘zda tutilgan. Ya’ni, “Bianconeri” butun mavsum davomida uning o‘yinini sinchiklab kuzatadi, keyin esa qaror qiladi: to‘liq sotib olish yoki boshqa yo‘lni tanlash. Martinez bilan solishtirganda bu ancha arzon, xavfi kamroq variant.

London ortida qoldi: “Tottenham”da yangi yo‘l

Bu ketish “Tottenham” uchun ham burilish nuqtasi. Roberto De Zerbi allaqachon Antonin Kinsky ni birinchi raqam sifatida ko‘rmoqda. Vicario esa o‘tgan mavsumni murakkab tarzda o‘tkazdi: ba’zi o‘yinlarda xatolari qimmatga tushdi, mart oyidagi churra bo‘yicha operatsiyadan so‘ng esa asosiy tarkibdagi o‘rnini boy berdi.

Shunga qaramay, uning Angliyadagi uch yilligi befoyda ketmadi. Empoli dan taxminan 20 million yevroga kelgan Vicario “Spurs” darvozasida Hugo Llorisdan bo‘shagan rolni tezda egallagan, dastlabki oylarida ishonchli o‘yinlari bilan tilga tushgandi. Endi esa u yana Italiyaga qaytadi – bu safar mamlakatdagi eng nufuzli klublardan birining libosida.

Turindagi raqobat: Di Gregorio uchun signal

Vicario kelishi bilan “Juventus” kiyinish xonasidagi muvozanat o‘zgaradi. U asosiy darvozabon bo‘lishi kutilayotgan bir paytda, Michele Di Gregorio kelajagi tobora noaniq tus olmoqda. Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, hozirgi “Juve” posboni allaqachon “Marseille” va boshqa yevropalik klublarga ijara asosida taklif qilingan.

Bu oddiy rotatsiya emas, bu – darvoza chizig‘idagi hokimiyat almashinuvi. Klub Vicario atrofida yangi ierarxiya qurishga tayyorlanmoqda.

Spalletti falsafasiga mos bo‘lgan darvozabon

Luciano Spalletti uzoq vaqtdan beri oyinni orqadan, darvozabon orqali boshlashni biladigan posbonni izlayotgani aytilayotgan edi. Vicario “Tottenham”dagi ilk oylarida aynan shu sifati bilan ajralib turgan: oyoqda to‘p bilan ishlashi, pressing ostida ham sovuqqon qolishi, qisqa paslar bilan pressingni yorib o‘tishi ko‘p maqtov olgan.

Keyin ritm pasaydi, xatolar ko‘paydi, jarohat ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Lekin “Juventus” murabbiylar shtabi bir narsaga ishonyapti: Serie A ning tanish taktik muhitiga qaytish, o‘z tilini biladigan futbolga qaytish Vicario ga eng yaxshi formasini qaytarishga yordam beradi.

Orqa chiziqdagi katta ta’mir

Bu transfer “Juventus”ning yozgi qayta qurish rejasidagi yagona bo‘lak emas. Klub yaqinda Bologna dan Jhon Lucumi ni ham olib keldi. Endi esa yangi darvozabon bilan birga butun himoya chizig‘i yangilanmoqda, Spalletti tizimiga moslab qayta yig‘ilmoqda.

Turinda himoya endi boshqa ko‘rinishda bo‘ladi: orqadan to‘p chiqarishga tayyor markaziy himoyachilar, ularning ortida esa xavfni sezib, o‘yinni qurishni biladigan Vicario. Savol bitta: bu yangi “Juve” qanchalik tez ishlay boshlaydi – va Serie A cho‘qqisiga qaytish uchun shunisi yetarlimi?

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling