UZB SPort

Kerim Alajbegovic: Leverkusen rekord pul evaziga transferga tayyor

Bayer Leverkusen bazasiga jahon chempionatida qatnashib, cho‘zilgan ta’tilni endi yakunlagan futbolchilar qaytib keldi. Mashg‘ulot maydoniga qaytganlar orasida bir ismi alohida turibdi. U bilan esa klub nihoyatda ehtiyotkor munosabatda.

Gap 18 yoshli Kerim Alajbegovic haqida ketmoqda. U dushanba kuni jamoga qo‘shiladi, lekin to‘liq hajmda emas. Sabab oddiy: Leverkusen tarixiy transfer arafasida hech qanday jarohat xavfini ko‘tarishni istamayapti.

Sport direktori Simon Rolfes nemis nashrlariga shunday dedi: Kerim qaytadi, lekin ehtiyot rejimida. Chunki uning kelajagi, aniqrog‘i, rekord darajadagi transferi deyarli hal bo‘lib bo‘lgan.

40 million yevro va yangi rekord

Bild xabariga ko‘ra, FC Chelsea Alajbegovic uchun eng katta taklifni stolga qo‘ygan klub bo‘ldi. London jamoasi hujumkor yarim himoyachi uchun 40 million yevro taklif qilgani aytilmoqda. Bu summa Leverkusen belgilagan narxga to‘liq mos keladi va yana bir jihatdan tarixiy: Bundesliga tarixida 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchi uchun bunday miqdor hech qachon to‘lanmagan.

Avvalgi rekord Bayern Munich qo‘lida edi: 2016 yilda Renato Sanches uchun Benfica klubiga qariyb 35 million yevro to‘langan.

Leverkusen nuqtai nazaridan esa bu voqeaning eng hayratlanarli tomoni boshqacha. Klub asosiy futbolchisini emas, hali bir daqiqa ham professional o‘yin o‘ynamagan yigitni qo‘yib yubormoqda. Bu – bugungi kundagi bozor. Umid, istiqbol, potentsial uchun to‘lanayotgan ulkan pul.

Rolfes Sport1 bilan suhbatda Kerimning rivojlanishini “aql bovar qilmas” deb atadi, uning g‘ayratini va tez yetilish sur’atini alohida ta’kidladi.

Salzburg orqali katta sahnaga

Bu portlash tasodif emasdi. O‘tgan yozda Leverkusen akademiyasining iqtidorli o‘yinchisi Alajbegovicni Salzburgga qo‘yib yuborganida, reja aniq edi. Avstriyaliklar 2 million yevro to‘lashdi, lekin Leverkusen 8 million yevroga qaytarib olish opsiyasini o‘z qo‘liga mahkam bog‘lab qo‘ydi.

Yarim yil o‘tmay, bu bandni ishga tushirishga hech kim ikkilanmadi. Salzburgdagi o‘yinlar hammani ishontirdi.

Boshlanishi oson kechmadi. Kerimning o‘zi aytganidek, bir yarim oy mehmonxonada yolg‘iz yashash, yangi muhit, yangi sharoit – hammasi bosim bo‘ldi. Lekin u moslashdi. Maydonda hammasi o‘z o‘rniga tushdi.

Natija: 44 rasmiy uchrashuvda 13 ta gol va 4 ta golli uzatma. Salzburg davrining yakunida u bu klubga kelish “eng to‘g‘ri qaror” bo‘lganini ochiq ayta oldi. Futbolchi sifatida ham, inson sifatida ham ulg‘ayganini ta’kidladi. Eng aniq misol – mag‘lubiyatga munosabati: yutqazishni yomon ko‘rishi, ba’zida tajovuzkor bo‘lib ketishi, va unga tinch qolishni, o‘zini ushlashni o‘rgatishgani.

Oraliq bosqich o‘z vazifasini bajardi. Bu hafta u Leverkusenga qaytdi – endi deyarli shakllangan professional, jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchi sifatida.

Bosniya terma jamoasida chaqnash

Salzburgdagi mavsum nafaqat Leverkusenni qaytarib olish tugmasini bosishga majbur qildi. Kerimning o‘yini boshqa klublar skautlarini ham hushyor torttirdi. Ustiga ustak, Bosniya terma jamoasidagi chiqishlari ham uni yevropalik grandlar radariga aniq kiritib qo‘ydi.

Alajbegovic Bosniya tarixidagi eng yosh debyutantga aylandi. Jahon chempionati pley-off bosqichida Uels va Italiyaga qarshi g‘alabalarda muhim rol o‘ynadi. Mundialning o‘zida ham o‘zini ko‘rsatdi, xususan Qatar darvozasiga kiritgan chiroyli goli bilan.

Rolfes uning uzoq masofadan zarba berish texnikasini alohida maqtadi. Bu sifat Alajbegovicni boshqalardan ajratib turishini aytdi.

Xabi Alonso, Stamford Bridge va savollar

Chelsea qiziqishining ildizlari ham aniq. Stamford Bridgedagi lavkani endi Xabi Alonso egallab turibdi. U Kerimni Leverkusen davridan juda yaxshi biladi. Ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida Alajbegovic bir necha bor asosiy tarkibka yaqinlashdi, zayavkaga kirdi, ammo maydonga tushishgacha yetib bormadi.

Endi Alonso uning sifatlarini yaxshi eslaydi va aynan shu xotira London klubini 40 million yevroga tayyor darajaga olib kelgani aytilmoqda.

Shu bilan birga, bu transfer yo‘li birdaniga silliq ko‘rinmay qoldi. Chelsea yaqinda Aston Villa safidan Morgan Rogersni aynan Kerim o‘ynashi mumkin bo‘lgan hujumkor yarim himoya zonasiga olib keldi. Bu esa Alajbegovicni klub rejalariga yanada sinchiklab qarashga majbur qilmoqda.

Loyihalardan biri – uni darhol boshqa klubga ijaraga berish, masalan, Blue Group tarkibidagi Racing Strasbourg variantlari tilga olinmoqda. Xabarlarga ko‘ra, Kerim bunday ssenariyni o‘zi uchun ilgari qabul qilmaslikni ma’lum qilgan.

Juventus zarbasi va hal qiluvchi va’da

Shu fon, shu ikkilanayotgan manzara fonida yana bir gigant sahnaga chiqdi. Juventus.

So‘nggi kunlarda italiyaliklar Alajbegovic bo‘yicha poygada favorit sifatida tilga olinmoqda. Sky manbalariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida hatto kelishuvga erishilgan: 33 million yevro asosiy to‘lov, qolgan bonuslar bilan summa Chelsea taklif qilgan 40 million yevroga yetishi rejalashtirilgan.

Turin klubi bir jihatni alohida urg‘u bilan taqdim etyapti: Kerim ularning rejasida darhol asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rilmoqda. Bu unga shaxsan yetkazilgani aytiladi. Sky ma’lumotiga ko‘ra, faqat yakuniy, texnik detallar qolgan.

Bu pallada savol bitta: yakunda qaysi klub g‘olib chiqadi? Chelsea, Juventus yoki yana uchinchi ishtirokchi kutilmaganda sahnaga ko‘tariladimi?

Bundesligadagi navbatdagi chegara buzilishi

Bir narsa deyarli aniq bo‘lib ulgurgan: Bundesliga tarixida yangi rekord yoziladi.

Leverkusen esa o‘z akademiyasidan chiqqan, klub uchun hali bir daqiqa ham rasmiy o‘yin o‘ynamagan yigitni rekord summa evaziga qo‘yib yuborish arafasida turibdi. Savol shundaki, bu transfer Kerim Alajbegovicni yevropa futbolining navbatdagi super sahnasiga olib chiqadimi yoki uni yana bir sinov, yana bir oraliq bekat kutyaptimi?

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling