UZB SPort

Mykhailo Mudrykning diskvalifikatsiyasi tugadi: CAS qarori

Chelsea qanot hujumchisi Mykhailo Mudryk uchun uzun va noaniq kutish nihoyat tugadi. Sport arbitraji sudi – CAS uning to‘rt yillik diskvalifikatsiyasiga qilingan apellyatsiyani qisman qanoatlantirdi va ukrainalik futbolchiga “darhol” musobaqalarga qaytishga ruxsat berdi.

Bu nafaqat futbolchi, balki klub uchun ham keskin burilish. 25 yoshli Mudryk 2024-yil noyabridan beri rasmiy o‘yin o‘tkazmadi. O‘sha paytda u meldoniy moddasiga ijobiy tahlil topshirgani ortidan keyingi oyda Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) tomonidan vaqtincha chetlatilgan edi. Keyin esa eng og‘ir zarba tushdi: FA unga anti-doping qoidalarini buzganlik uchun maksimal – to‘rt yillik taqiqlov jazosini qo‘lladi.

Mudryk bu qarorni qabul qilmadi. Ish CASga ko‘tarildi. Endi esa hakamlik instansiyasi chiziqni qayta chizdi: u anti-doping qoidalarini buzganini tan oldi, lekin jazosi allaqachon o‘tab bo‘lingan muddatga teng bo‘lishi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Natija bitta – u yana o‘ynashi mumkin.

Bu jarayonning dramatizmi shundaki, Mudrykning faoliyati deyarli to‘xtab qolgandek ko‘ringan edi. Futbolchining eng yaxshi yoshida, eng yuqori tezlik va ishtiyoq davrida butun bir mavsumdan ko‘prog‘ini o‘tkazib yuborish – bu shunchaki sportiy yo‘qotish emas, psixologik zarba ham. Ayniqsa London klubi bilan moslashish, o‘z o‘rnini topish yo‘lida bo‘lgan paytda.

Endi esa sahna yana ochiq. U yana o‘zini isbotlash, tanqidchilarni jim qoldirish, Chelsea tarkibida o‘z rolini qayta qurish imkoniyatiga ega. Sud qarori faqat bitta chiziqni bildiradi: qoidabuzarlik tan olingan, lekin futbolchining kelajagi ustidan chizilmagan.

Savol endi boshqacha: Mudryk bu ikkinchi imkoniyatni qanday ishlatadi?

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling