UZB SPort

Premier Sports Cup: David Gray uchun muhim o‘yin

Hibernian uchun bu shunchaki yana bir safar emas. Ross County maydoniga bo‘ladigan Premier Sports Cup uchrashuvi bosh murabbiy David Gray uchun, sobiq sevimli yarim himoyachi Scott Allan ta’riflaganidek, “ulkan o‘yin”.

Allan BBC Scotland Football Podcast dasturida gapirar ekan, vaziyatni yumshatishga urinmadi: Hibs yarim final sari intilayotgan bo‘lsa-da, klub atrofidagi kayfiyat og‘ir.

So‘nggi zarbalar og‘ir bo‘ldi. Premiershipda ketma-ket Hearts va St Johnstone qarshisidagi mag‘lubiyatlar, ustiga-ustak, uyda Gentga qarshi kech bo‘shashuv – va Conference League yo‘liga chizilgan qalin chiziq. Bu natijalar Gray jamoasini turnir jadvalida ham, ruhiy holatda ham ortga tortdi.

Shu fon’da kuboklar birdaniga mavsumni qutqarib qolishi mumkin bo‘lgan asosiy sahnaga aylandi. Allan buni ochiq aytadi: so‘nggi ikki yil ichida Hibs kuboklarda kutilgan darajaga chiqa olmadi, demak, bu safar xatoga joy yo‘q.

Ross County esa hozircha o‘z olamida parvoz qilmoqda. League One turnirida mag‘lubiyatsiz yurishmoqda, 38 yoshli sobiq Hibs hujumchisi Brian Graham esa barcha musobaqalar hisobida allaqachon to‘qqizta gol urishga ulgurgan. Yoshi o‘tgan, ammo hali ham jazava bilan harakat qilayotgan forvard – har qanday mudofaa uchun muammo.

“Allan” buni ham yashirmaydi: g‘alaba qilishni o‘rgangan, gol urishni to‘xtatmayotgan hujumchiga ega jamoaga qarshi o‘ynash oson bo‘lmaydi. Uning fikricha, League One darajasidagi klub uchun County tarkibi juda kuchli, raqobatbardosh.

Shunga qaramay, u Hibs imkoniyatiga ishonadi. Uchrashuv “qaltis” bo‘lishi mumkin, lekin Allan nazarida Gray jamoasi baribir keyngi bosqichga chiqishga yetarli salohiyatga ega. Savol boshqa joyda: bu salohiyatdan hozir maksimal darajada foydalanilyaptimi?

Easter Road atrofida aynan shu savol havoda muallaq turibdi. Tarkibda individual mahorat bor, “haqiqiy sifat” bor, deydi Allan. Ammo bu sifatni to‘liq ochib yuboradigan, barqaror, ishonchli jamoaga aylantirish – Gray zimmasidagi eng katta sinov.

Shanba kuni Ross County maydonida javob topiladi: Hibs bu bosim ostida bukiladimi yoki aynan shu “ulkan o‘yin” ularning mavsumini burib yuboradigan nuqtaga aylanadimi?

Premier Sports Cup: David Gray uchun muhim o‘yin