UZB SPort

Shea Lacey: Manchester Unitedda yangi umid

Shea Lacey: Trondheim tunida tug‘ilgan umid

Manchester United yozgi safarini mag‘lubiyat bilan boshlagan bo‘lishi mumkin, ammo Norvegiyada bir yigit butun kayfiyatni o‘zgartirib yubordi. Uning ismi — Shea Lacey. Va u bir kechada Old Trafford atrofidagi suhbat markaziga aylandi.

Carrickning jasur qarori

Michael Carrick jamoaning birinchi o‘rtoqlik uchrashuvida Wrexhamga qarshi o‘yinda Laceyga faqat ikkinchi bo‘limda imkon bergandi. Helsinki Olimpiya stadionidagi o‘sha 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin savollar ko‘paydi, ayniqsa hujumdagi sustkashlik haqida.

Keyngi manzil — Trondheim, Lerkendal Stadion. Rosenborgga qarshi navbatdagi sinov. Carrick bu safar ikkilanmadi: 19 yoshli qanot futbolchisini asosiy tarkibga qo‘ydi.

Bu ishonch tasodifiy emasdi. Va Lacey uni zudlik bilan oqladi.

Bir gol – bir signal

Manchester United akademiyasi mahsuli bo‘lgan bu yigit birinchi bo‘limdayoq hisobni ochdi. Oddiy o‘rtoqlik uchrashuvi emas, balki o‘zini ko‘rsatish uchun sahna sifatida qabul qilganini har bir harakatida ko‘rish mumkin edi.

U qanotda erkin harakat qildi, to‘p bilan ishonch bilan yura oldi, raqibni ortda qoldirishdan cho‘chimadi. Eng muhimi, vaziyatni golga aylantirdi. Yosh futbolchi uchun bu faqat statistikadagi satr emas, balki murabbiylar shtabi va muxlislar uchun aniq signal: u bu mavsumda jiddiy rol o‘ynashga tayyor.

Ijtimoiy tarmoqlarda portlash

O‘yin tugashidan ancha oldin Lacey nomi ijtimoiy tarmoqlarda aylanib bo‘ldi. X, avvalgi nomi bilan Twitter, Manchester United muxlislarining hayajonini ko‘tarib yubordi.

  • Bir foydalanuvchi: “Shea Lacey bu mavsumda ko‘proq ko‘rinishini xohlayman. Bro is a baller,” deb yozdi.
  • Yana biri: “Hech qachon biror yosh futbolchining muvaffaqiyatini bunchalik istamagandim,” deya bo‘lishdi.
  • “U to‘p bilan juda tartibli. Bu yil bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishini ko‘ryapman,” — deb yozgan muxlis Lacey o‘yinini qisqa, ammo aniq ta’rifladi.
  • Eng keskin taqqoslashlardan biri esa qimmatbaho transfer bilan bog‘liq bo‘ldi: “Shea Lacey biz £100m to‘lagan futbolchiga ikki mavsum kerak bo‘lgan ishni bemalol qilib qo‘ryapti,” degan fikr ham paydo bo‘ldi. Bu gaplar ortida nafaqat maqtov, balki klub ichidagi raqobatga bo‘lgan talab ham yotibdi.
  • “Bu yigitga bu mavsumda ko‘p imkoniyat berish kerak. Qanotda o‘z o‘rnida o‘ynasin, boshqa pozitsiyalarga sudramaslik kerak,” deya yozgan muxlis esa murabbiylarga aniq murojaat yo‘lladi.
  • Lacey chap oyog‘iga bo‘lgan hayrat ham alohida tilga olindi. “Amadga keyingi mavsum Laceyning chap oyog‘i kerak bo‘ladi,” degan izoh klub ichidagi kreativ juftliklar haqida ham o‘ylash vaqti kelganini eslatadi.

Akademiyadan asosiy sahnaga

Manchester United akademiyasi yillar davomida ko‘plab iste’dodlarni yetishtirgan. Lacey atrofidagi shov-shuv shunchaki navbatdagi “yosh iste’dod” yorlig‘i emas. Muxlislarning ohangi boshqacha: ular bu yigitni shu mavsumdayoq tayyor o‘yinchi sifatida ko‘rishni xohlayapti.

“Breakthrough season” iborasi X lentasida qayta-qayta uchradi. Bu bo‘rttirish emas, kutish darajasi. Norvegiyadagi o‘yin esa bu kutishlar havodan olingan emasligini ko‘rsatdi.

Oldinda – katta sinovlar

Manchester United yozgi safarini endi yangi kayfiyatda davom ettiradi. Oldinda Atletico Madrid, Paris Saint-Germain, Leeds United va AC Milan bilan o‘yinlar turibdi. Bu raqiblar qarshisida Laceyga yana bir bor imkon beriladimi? Savol hozircha ochiq, lekin muxlislar javobni allaqachon bilgandek: “U maydonda bo‘lishi kerak.”

Carrick uchun esa bu yoqimli bosh og‘riq. Yozgi tayyorgarlikning asl ma’nosi ham shu — kim yangi mavsumda asosiy rol o‘ynashga tayyor ekanini ko‘rish.

22-avgustga qarab

Manchester United 2026-27 yilgi Premier League mavsumini 22-avgust kuni, safarda Hull Cityga qarshi, MKM Stadiumda boshlaydi. O‘sha kunda start tarkibini ko‘rganimizda, bitta savol ayniqsa qiziq bo‘ladi:

Shea Lacey ismi unda bo‘ladimi yoki Trondheimdagi gol uning uchun faqat boshlanish bo‘lib qoladimi?

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling