UZB SPort

Southampton Tonda Eckert bilan 2029 yilgacha shartnoma imzoladi

Southampton rahbariyatining yozgi shubhalarga javobi aniq bo‘ldi. Klub 33 yoshli bosh murabbiy Tonda Eckert bilan 2029 yilgacha yangi shartnoma imzoladi. Championship jamoasi eng muhim qarorlaridan birini aynan mavsum oldidan e’lon qildi.

Eckertning avvalgi shartnomasi bu mavsum oxirida tugashi kerak edi. O‘tgan yil dekabrida u vaqtincha emas, doimiy bosh murabbiy sifatida tayinlangandi va qisqa muddat ichida o‘zini isbotlashga ulgurdi. Shunga qaramay, yoz oylarida uning kelajagi jiddiy savol ostida qolgandi.

Sabab bitta edi – “Spygate” mojarosi. Football Association tergov markazida aynan Eckert turdi. Agar ish boshqacha yakunlanganida, u uzoq muddatli diskvalifikatsiya olish xavfi ostida qolgandi. Bunday sanksiya uning Southampton dagi ishiga bevosita tahdid solishi aniq edi.

Oxir-oqibat, hukm yanada yengilroq bo‘ldi. Eckertga shartli ravishda olti haftalik taqiq va 28 ming funt miqdorida jarima belgilandi. Bu qaror murabbiyga lavozimini saqlab qolish, klubga esa strategiyasini buzmasdan davom ettirish imkonini berdi.

Endi esa Southampton aniq signal berdi: klub Eckert atrofida quriladi. Yangi shartnoma – faqat mukofot emas, balki ishonch votumi. Yozgi shov-shuvlardan omon chiqqan murabbiy endi nafaqat jamoani maydonda boshqaradi, balki kelgusi yillarda butun sport loyihasining markazida turadi.

Savol endi boshqacha: bu uzoq muddatli qaror Southampton ni yana eng yuqori pog‘onaga qaytarishga yetadimi?