UZB SPort

Aston Martin B-spetsiyasi: Hungaroringda katta xavf va umid

Formula 1 yozgi tanaffusidan oldingi so‘nggi poyga – Vengriya Gran-prisi – Aston Martin uchun oddiy hafta oxiri emas. Bu safar Silverstone jamoasi shunchaki yangilangan paket emas, deyarli butunlay yangilangan, “B-spetsiya” darajasidagi bolidni Hungaroringga olib keldi.

Hammasi birdaniga. Hech qanday bosqichma-bosqich evolyutsiya yo‘q.

Shu fon’da sobiq IndyCar haydovchisi va F1 TV sharhlovchisi James Hinchcliffe ogohlantiradi: bu mashinani darhol tezligi bo‘yicha hukm qilish – xato bo‘ladi.

“Hamma narsani birdaniga olib kelish – Formula 1’da deyarli ko‘rinmagan narsa”

Aston Martin mavsum boshidan beri kichik-kichik yangilanishlarni sinab ko‘rish o‘rniga, hammasini yoz ostonasiga jamladi va maqsad sifatida aynan Hungaroringni tanladi. Shu bilan risk ham, bosim ham bir necha barobar oshdi.

James Hinchcliffe F1 TV’ning Weekend Warm-Up dasturida aynan shunga urg‘u berdi. Uning fikricha, jamoa o‘zini juda dadil qarorga majbur qilgan:

U bu yondashuvni Formula 1 tarixida kam uchraydigan holat sifatida tasvirladi: mavjud bolidni deyarli o‘zgartirmasdan, butun paketni bir poygada yangilash – bu odatdagi yo‘l emas. Shuning uchun ham paddokda kutish, umid va bosim bir vaqtda portlab chiqmoqda.

Hinchcliffe yana bir muhim nuqtani eslatadi: yangi detallarning bugun mashinaga o‘rnatilgani, ularning bugunoq maksimal darajada ishlashini anglatmaydi. Bu faqat start nuqtasi.

“B-spetsiya” bilan noldan boshlash

Hinchcliffe fikricha, agar Aston Martin darhol TOP-10 ichida kurashmasa ham, bu fojia emas. Raqiblar allaqachon mavsum boshidagi Barcelona sinovlaridan beri o‘z konsepsiyalarini asta-sekin takomillashtirib kelishmoqda. Aston Martin esa, amalda, yangi loyiha bilan noldan yo‘lga chiqmoqda.

Shuning uchun asosiy mezon – darhol natija emas, yo‘nalish.

Yangi paket shamol tunnelidagi ma’lumotlar va simulyatsiyalar bilan qay darajada mos tushadi – haqiqiy savol shunda. Agar bu uyg‘unlik tasdiqlansa, jamoa kamida to‘g‘ri yo‘lni topgan bo‘ladi. Tezlik keyin keladi. Yoki kelishi kerak.

Jadval tubidan qutulish uchun so‘nggi imkonlardan biri?

Bu yangilanishlar qog‘ozda qanchalik ulkan bo‘lmasin, holat sovuqqon raqamlar bilan o‘lchanadi. Vengriyaga kelayotgan paytda Aston Martin konstruktоrlar kubogida atigi bitta ochko bilan 10-o‘rinda turibdi. Faqat Cadillac’dan oldinda.

Fernando Alonso haydovchilar reytingida 18-o‘rinda, uning ham yagona ochkosi – Monacodagi poygada, raqiblar jazolanganidan keyin qo‘lga kiritilgan natija. Lance Stroll esa 22-o‘rinda, ochkosiz.

Shunday fon’da “B-spetsiya” faqat texnik yangilanish emas, balki mavsumni qutqarish urinishi ko‘rinishiga ega. Yozgi tanaffusdan oldin bu – ruhiy burilish yasash uchun deyarli yagona imkon.

Hungaroring esa, xatoni kechirmaydigan trassa. Bu yerda aerodinamika, balans va shinalarni boshqarishdagi har bir noziklik ochiladi. Yangi paket haqiqatan ham to‘g‘ri yo‘nalishda ekanini bilish uchun bundan yaxshiroq sinov maydoni bo‘lishi qiyin.

Savol esa keskin: Aston Martin bu katta xatarning mevasini kuzda teradimi yoki bu mavsum allaqachon raqiblar qo‘lidan chiqib ketganmi?

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling