Chelsea Morgan Rogers uchun Arsenal bilan kurashni yutdi
Yozgi bozor asta-sekin qizib borayotgan paytda, Londonning shimoli o‘zini ancha qulay sezayotgandek edi. Arsenal bir necha haftalar davomida Aston Villa hujumkori Morgan Rogers bilan shaxsiy shartlarni kelishib bo‘lgan, uni Mikel Arteta tizimida old chiziq bo‘ylab erkin harakatlanadigan, zarurat bo‘lsa hujumchi ortida ishlaydigan universal qurol sifatida ko‘rayotgandi.
Reja aniq edi. Christos Tzolis bo‘yicha Club Brugge bilan bitim yakunlanayotgan, keyingi navbatda esa Rogers turardi.
Ammo dam olish kunlari hammasi o‘zgardi.
24 soatlik zarba
Chelsea sahnaga chiqdi. Va ikkilanmadi.
Aston Villa bilan 117 million funtlik kelishuvga erishildi, Morgan Rogers esa olti yillik shartnomaga imzo chekdi, qo‘shimcha bir yilga uzaytirish opsiyasi ham kiritildi. Arsenal esa muzokara stolida qolib ketdi – ularning ichki rejasi, Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, 90 million atrofida, eng ko‘pi bilan 100 million funtga borish edi. 117 million? Bu chegaradan o‘tmaslikka qaror qilishgan.
Romano o‘z kanalida shunday deya ochiqlik kiritdi: yaqin 24 soat Morgan Rogers’ning yangi Chelsea futbolchisiga aylanishi bilan bog‘liq bo‘lgan 24 soat bo‘ldi. Klublar hujjatlarni allaqachon almashib bo‘lgan, bitim yakunlangan, imzo qo‘yish esa dushanbaga belgilangan.
Aston Villa bu transferni “zo‘r biznes” deb baholamoqda. Chelsea esa tarkibiga “fantastik futbolchi” qo‘shdimiz, degan ichki ishonch bilan harakat qilmoqda.
Arsenal uchun esa bu haqiqiy “katta syurpriz” bo‘ldi. Arteta bir necha oy davomida Rogers bilan bevosita muloqot qilgan, uni yozgi asosiy nishonlardan biri sifatida ko‘rgan. Londonning shimoliy klubi hamma narsani o‘z yo‘liga qo‘yib, narxni asta-sekin tushirishga urinayotgan bir paytda, raqib klub sahnaga chiqib, hammasini bir zarbada hal qildi.
Chelsea bitta yo‘lni tanladi – hammasini darhol “all-in” qilish. Romano ta’kidlaganidek, ular Arsenal’ning qarshi “hujum”ini oldini olishning yagona yo‘li sifatida bitimni 24 soat ichida yopishga qaror qilishdi. Va aynan shunday qilishdi.
Arsenal endi qayerga buriladi?
Rogers bilan bo‘lgan ssenariy Arsenal uchun yana bir narsani eslatdi: shaxsiy shartlar – bu yarim yo‘l xolos. Klub bilan kelishuv bo‘lmasa, hammasi havoga uchishi mumkin.
Endi ko‘zlar boshqa nomga qaratilgan. RB Leipzig qanot futbolchisi Yan Diomande.
Romano ma’lumotiga ko‘ra, Arsenal allaqachon Diomande bo‘yicha so‘rov yuborgan. Biroq bu poygada ular yakka emas. Paris Saint-Germain futbolchi bilan shaxsiy shartlar yuzasidan allaqachon og‘zaki kelishuvga erishgan – bu uch-to‘rt haftadan beri amal qilayotgan kelishuv. Lekin Leipzig bilan hali ham moliyaviy bitim yo‘q.
PSG va RB Leipzig o‘rtasidagi munosabatlar iliq: Xavi Simons bo‘yicha kelishuv va boshqa ishlar bunga misol. Shunga qaramay, bu safar hamma narsa pulga taqaladi. Futbolchi bilan kelishuv bor, klub bilan esa yo‘q – xuddi Arsenal va Morgan Rogers holatida bo‘lgani kabi.
PSG hozircha poygada yaqqol favorit. Lekin har kuni yangi klublar Diomande bo‘yicha telefon qilmoqda, deydi Romano. Arsenal ham so‘nggi kunlarda aynan shunday qilgan, sahna ortida yana bir necha klublar faollashgan.
Endi navbat Paris Saint-Germain qo‘lida. Ular bitimni yopib, Diomande’ni qo‘lga kiritadimi yoki Morgan Rogers bo‘yicha kechgan hikoya yana takrorlanadimi – bu savolga javobni yozgi oyning o‘zi beradi. Arsenal esa bozor stoliga qaytishga majbur. Va bu safar kechikishga haqqi yo‘q.







