UZB SPort

Liverpool Diomande uchun bosimni oshiryapti: tezkor jang

“Liverpool” yozni uzoq davom etadigan transfer epopeyasi bilan emas, aniq va agressiv hujum bilan boshlashga qaror qilgan. Maqsad bitta: “RB Leipzig” qanot hujumchisi Yan Diomande.

Mohamed Salah klubdagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazib bo‘ldi, Cody Gakpo esa kutilgan yetakchi darajasiga chiqa olmayapti. Qanotlarda bo‘shliq paydo bo‘ldi. “Anfield”dagilar bu bo‘shliqni yamoqlash emas, qayta qurish niyatida.

Yosh Viktor Munoz “Osasuna”dan allaqachon kelib qo‘shildi, lekin bu transfer “Liverpool”ning Diomande rejasiga hech qanday to‘siq emas. Uni zaxira rejasi sifatida emas, butun layihani markaziga qo‘yishmoqchi.

100 millionlik rad javobi – va ortidagi raqamlar

O‘tgan hafta “RB Leipzig” “Liverpool”ning Diomande bo‘yicha taklifini rad etdi. Rasmiy xabarlar 100 million yevro atrofida deya tarqaldi. Fabrizio Romano o‘z YouTube kanalida shunday deya vaziyatni ochib berdi: “Liverpool had a bid rejected of €100m, but Liverpool will bid again, there is no doubt… Liverpool will be back at the table for negotiation… Liverpool will be very aggressive. Liverpool will bid more than €100m”.

Transfer bozorida bu – ochiq signal. “Liverpool” orqaga chekinmoqchi emas, summani oshirishga tayyor.

Ben Jacobs esa bu taklifning ichki tuzilmasini aniqlashtirib berdi. Uning yozishicha, dastlabki taklif 90+10 emas, 80+20 shaklida bo‘lgan: 80 million yevro kafolatlangan summa, 20 million bonuslar ko‘rinishida. Klub Diomandeni “priority” sifatida ko‘rayotgani ta’kidlanadi, shu bilan birga, “PSG” ham kurashga qo‘shilishi mumkinligi eslatib o‘tiladi.

Muhimi – “Liverpool” tomonida optimizm bor: futbolchining o‘zi “Anfield”ga o‘tishga moyil, degan kayfiyat sezilmoqda.

“RB Leipzig”ning rejasi: katta maosh, yangi shartnoma, keyin esa…

Nemis klubi esa shoshilmayapti. Romano ma’lumotiga ko‘ra, “RB Leipzig” Diomandeni jamoada olib qolishni “aqlli qaror” deb biladi. Reja aniq: unga katta maosh, yangi shartnoma taklif qilish, keyin esa kelasi mavsumda, “Champions League”da o‘ynab bo‘lgach, kelajagini o‘zi tanlashiga ruxsat berish.

Bu yondashuv “Leipzig”ga ham, futbolchiga ham qulay: klub sport va moliyaviy jihatdan yutadi, Diomande esa o‘zini eng yuqori sahnada ko‘rsatib, keyingi yozda yanada katta bozorga chiqishi mumkin.

Shu orada “Liverpool” jim emas. Romano ta’kidlaganidek, ular futbolchining o‘zi bilan shartnoma shartlari, maosh va bonuslar bo‘yicha juda faol ishlayapti. Maqsad – Diomandeni to‘liq o‘z tomoniga og‘dirish.

Bosim endi ikki frontda: biri – “Leipzig” rahbariyatini ko‘ndirish, ikkinchisi – futbolchining qalbini butunlay “Anfield” tomon burish.

Bu safar Isak ssenariysi takrorlanmaydi

Ben Jacobs yana bir muhim nuqtani ochib berdi: Diomande sagasi o‘tgan yilgi Alexander Isak voqeasiga o‘xshab cho‘zilib ketmaydi.

O‘tgan yoz “Liverpool” Isak uchun deyarli butun yozni kutishga majbur bo‘lgandi. “Newcastle”ning kirim-chiqimlari, murakkab ichki omillar, futbolchining allaqachon “Premier League”da o‘zini isbot qilgani – bularning barchasi uzoq kutishga asos bo‘lgan.

Endi esa vaziyat butunlay boshqacha. Klubda qanotlarga zudlik bilan kuchaytirish zarurati bor. Shuning uchun “Liverpool” rahbariyati Diomande bo‘yicha muzokaralarni avgustga qadar cho‘zish niyatida emas. 80+20 millionlik taklif tezda rad etildi, hozir esa asosiy savol bitta: “RB Leipzig” umuman savdoga kirishadimi yo‘qmi?

Agar nemis klubi qat’iy “yo‘q”da qolsa, “Liverpool” vaqtni yo‘qotmaydi.

Reja B: yangi ismlar soyada kutib turibdi

Jacobsning xabariga ko‘ra, “Liverpool” allaqachon alternativ variantlarni ham stol ustiga qo‘ygan. Said El Mala, Yankuba Minteh, Matias Fernandez-Pardo kabi nomlar tilga olinmoqda, Bradley Barcola esa alohida “appreciated” qilingan.

Bu ro‘yxat bir narsani ko‘rsatadi: klub bu yozni bitta nomga qaram holda o‘tkazmoqchi emas. Diomande – birinchi raqamli maqsad, lekin yagona variant emas.

“Anfield”dagilar uchun bu transfer oynasi bitta savolga kelib taqaladi: qanotlarda yangi davrni kim boshlab beradi?

Javobni esa endi “RB Leipzig”ning qat’iyligi va “Liverpool”ning keyingi taklifi tezligi belgilaydi.

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling