UZB SPort

2026 yilgi Jahon chempionati finalida chempionlik uzuklari

2026 yilgi Jahon chempionati finali allaqachon tarixiy bo‘lishi aniq. Sababi faqat maydondagi dramatik to‘qnashuv emas. Chempion jamoa bu safar faqat kubok va oltin medallar bilan kifoyalanmaydi.

FIFA futbolga Amerika sportlarining eng taniqli an’analaridan birini olib kiryapti: shaxsiylashtirilgan chempionlik uzuklari.

Futbolga kirib kelayotgan “amerikacha” ramz

Rasmiy bayonotga ko‘ra, g‘olib jamoa Jahon chempionati kubogi va oltin medallardan tashqari ilk bor FIFA musobaqalari tarixida qo‘shimcha mukofot sifatida maxsus chempionlik uzuklarini qo‘lga kiritadi. Bu — NFL, NBA, MLB, NHL kabi yirik Amerika ligalarida yillar davomida chempionlik ramziga aylangan an’ananing futbolga ko‘chishi.

Bu safar gap oddiy sovg‘a haqida emas. Bu — futbol tarixiga tamg‘a qo‘yadigan detal.

Atigi 2026 dona: biri – chempionlar uchun, qolganlari – muxlislar uchun

FIFA ma’lumotiga ko‘ra, jami 2026 dona uzik ishlab chiqariladi. Har biri alohida raqamlanadi va bu raqam bevosita turnir yiliga ishora qiladi.

Ta’qsimot aniq:

  • 30 ta uzik — chempion jamoa futbolchilari va shtabi uchun;
  • qolgan 1996 tasi — rasmiy litsenziyaga ega mahsulot sifatida sotuvga chiqariladi.

Chempionlar oladigan uziklar eksklyuziv maqomga ega bo‘ladi. Dizayn, bezak, shaxsiylashtirish — barchasi g‘olib jamoaga moslab yaratiladi. Sotuvga chiqadigan nusxalar esa shu kontsepsiya asosida, ammo alohida raqamlangan kolleksion buyum sifatida muxlislar qo‘liga boradi.

Dizayn markazida – kubok va chempion nomi

Yaratiladigan 2026 yilgi uziklar markazida Jahon chempionati kubogi tasviri bo‘ladi. Eng muhim jihat: har bir uzik g‘olib jamoa sharafiga shaxsiylashtiriladi.

Har bir uzik:

  • o‘z raqamiga ega bo‘ladi;
  • buyurtma asosida, alohida tayyorlanadi;
  • haqiqiyligini tasdiqlovchi sertifikat bilan birga topshiriladi.

Bu nafaqat ramziy mukofot, balki tarixiy yodgorlik. O‘n yillardan keyin ham bu uzik egasiga bir finalni, bir avlodni, bir chempionlikni eslatib turadi.

Futbolchilar uziklarni qachon oladi?

Final yakunlanishi bilan maydonda darhol bitta marosim bo‘ladi. FIFA ma’lumotiga ko‘ra, g‘olib jamoa sardori va bosh murabbiyiga o‘sha zahotiyoq voqeani nishonlash uchun vaqtinchalik uziklar topshiriladi.

Asl, to‘liq shaxsiylashtirilgan 30 ta chempionlik uziklari esa keyinchalik alohida tayyorlanadi va o‘z egalariga yetkazib beriladi. Demak, final tuni ramziy boshlanish bo‘lsa, haqiqiy kolleksion qadriyatlar biroz vaqt o‘tgach futbolchilarning qo‘liga tushadi.

Endi esa savol bitta: 2026 yil yozida bu tarixiy uziklarni kim taqadi — Spainmi yoki Argentina?

Pin-Up sport bonusi 200% gacha. Promokod PINBET2026. Bonusni oling