New York Knicks va Pelicans o‘rtasidagi savdo: McBride va Missi
New York Knicks ning bek chizig‘i yaqin oylar ichida buzilishi mumkin. Markazda esa yangi, uzun qo‘lli himoyachi paydo bo‘lishi ehtimoli kuchayib bormoqda.
Gap, albatta, Miles McBride va Yves Missi atrofida aylanmoqda.
McBride bilan yo‘llar ajralish sari
25 yoshli McBride uchun bu yoz bozor juda katta shartnoma va’da qilmoqda. Aynan shu sabab Knicks uni ushlab qola olmaslik xavfini juda yaxshi biladi. Klub allaqachon ikkinchi “apron”dan qochish uchun Mitchell Robinson ni yo‘qotishga majbur bo‘ldi, rotatsiyani saqlab qolish evaziga moliyaviy erkinlikni tanladi.
Endi esa McBride ning 3,9 million dollarlik yakunlanayotgan shartnomasi uni raqib klublar ko‘zida juda jozibali aktivga aylantirdi. Arzon, samarali, bozorda erkin bo‘lib qoladigan himoyachi – bunday o‘yinchini olish uchun ko‘pchilik navbatga turadi.
Shu fon’da qiziqarli ssenariy paydo bo‘ldi:
- Knicks oladi: Yves Missi
- Pelicans oladi: Miles McBride (TPE orqali)
Qog‘ozda hammasi juda silliq. Pelicans Jose Alvarado tranzaksiyasi natijasida hosil bo‘lgan 4,5 million dollarlik TPE orqali McBride ni “yutib oladi”, Knicks esa Missi ning yangi kelishuvdagi shartnomasini ikkinchi “apron” chizig‘idan oshmasdan qo‘shib oladi.
Moliyaviy jihatdan ham, parketdagi mantiq nuqtai nazaridan ham uyg‘un ko‘rinadigan bitim.
Nega Knicks bu xavfni olsa arziydi?
Bu savdo g‘oyasi havodan paydo bo‘lgani yo‘q. O‘tgan mavsum fevral oyning o‘zida New York front-ofisi Yves Missi uchun jiddiy hujum boshlagani, hatto ayrim manbalar uni Leon Rose boshchiligidagi rahbariyat uchun “orzu nishonasi” deb ataganini eslash kifoya.
Pelicans o‘shanda 22 yoshli kamerunlik “big man”ni ushlab qolishni tanladi. Endi esa manzara o‘zgargan: Mitchell Robinson ketdi, bo‘shagan bo‘shliq esa hali to‘liq to‘ldirilgani yo‘q. Aynan shu joyda Missi nomi yana stol ustiga qaytmoqda.
McBride ni yo‘qotish, ayniqsa so‘nggi uch mavsumdagi eng ishonchli zaxira beklaridan biri sifatida, og‘riqli bo‘ladi. Lekin rotatsiya ham o‘zgardi. Pley-offdagi yorqin chiqishi bilan Landry Shamet o‘ziga joy ochib oldi, Jordan Clarkson qayta shartnoma imzoladi. Bu esa McBride ni avvalgidek daxlsiz qilmaydi.
Ustiga ustak, uchinchi yiliga kirayotgan Tyler Kolek ga ham ko‘proq daqiqa va’da qilinmoqda. Demak, perimetrda to‘planish bor, kimdir ketishi kerak. Mantiqan bu ro‘yxatning boshida aynan McBride turibdi.
Missi esa Knicks uchun profil bo‘yicha juda mos bo‘lak: halqani himoya qiluvchi, bo‘sh zonani yopib beruvchi va ribaundda tajovuzkor “big”. U ilk ikki mavsumida PER36 bo‘yicha 10,9 ribaund va 2,2 blok ko‘rsatkichini qayd etgan, bu esa uning potentsiali qanchalik balandligini ko‘rsatib turibdi.
New York uchun bu faqat sonlar emas. Bu – Jalen Brunson atrofida qurilayotgan jamoaga yana bir mudofaa tayanchi, yana bir vertikal tahdid qo‘shish imkoniyati.
Pelicans ning qarori: Queen yoki Missi?
New Orleans tomoni uchun bu savdo boshqacha ma’noga ega. Ular uchun bu, avvalo, markazdagi hokimiyatni bir o‘yinchiga topshirish masalasi.
Derik Queen – klub kelajagi sifatida ko‘rilayotgan nomzod. Yuqori “ceiling”, yulduz bo‘lish potentsiali, hujumda ko‘p qirrali o‘yin. Bunday talant paydo bo‘lsa, atrofidagi raqobat muqarrar.
Missi esa ikkinchi mavsumida adolatli raqobat emas, balki qurbonlikni his qildi. Debyut yilida 67 o‘yinda startda maydonga tushgan bo‘lsa, keyingi mavsumda ko‘p vaqtni zaxirada o‘tkazdi – asosan Queen ni markazga qo‘yish uchun.
Yanvarda ClutchPoints jurnalisti Brett Siegel xabar berishicha, 21 yoshli markaz va uning atrofidagi lager o‘zining keskin qisqargan daqiqalaridan norozi, klub bilan taranglik yuzaga kelgan. Bu bejiz emasdi. Yosh, ambitsiyali “big man” uchun bu holat obro‘sizlantirishdek tuyulishi tabiiy.
Bir pallada Pelicans tanlov qilishi shart bo‘ladi. Qaysi biriga to‘liq ishonch beriladi? Javob deyarli aniq: yuqori potentsial va yulduz bo‘lish imkoniyati tufayli Queen.
Shunday ekan, Missi ni yo‘qotish evaziga qiymat olish – mantiqan to‘g‘ri yo‘l.
McBride – Pelicans uchun yashirin yutuq
Bu yerda McBride sahnaga chiqadi. 25 yosh, hali to‘liq shakllangan, lekin baribir yosh yadroning vaqt oynasiga mos. U Dejounte Murray va Jeremiah Fears ortida ishonchli zaxira sifatida xizmat qilishi mumkin.
Yana bir plus: u faqat bekap emas. Kombogard sifatida ikkala bilan yonma-yon ham o‘ynay oladi – kichik “lineup”larda ham, uch bekli variantlarda ham. Katta zarba berish qobiliyati, intizomli perimetr himoyasi, bosim ostida qaror qabul qilish – bularning bari New Orleans ning yosh va dinamik perimetri uchun juda mos xususiyatlar.
Pelicans uchun bu faqat pozitsion almashtirish emas, balki rotatsiyani balanslash. Markazda qarorni qabul qilib, bek chizig‘ini chuqurlashtirish.
Savdo yakunida bir tomonda halqani himoya qilishni yanada kuchaytirayotgan, moliyaviy chiziqlardan oshmayotgan Knicks paydo bo‘ladi. Ikkinchi tomonda esa markazdagi kelajakni Derik Queen qo‘liga topshirib, beklar zanjirini mustahkamlayotgan Pelicans.
Endi savol bitta: ikki klub ham bu qarorni hozir qabul qiladimi yoki bozor yanada qizishini kutadimi?






